☑️ Axborot-kutubxona markazi tomonidan kutubxona fondiga yangi kelib tushgan adabiyotlarni kitobxonlarga tanishtirish va mutolaa uchun tavsiya etish maqsadida suhbat tashkil etildi.
☑️ Suhbat davomida yangi kelgan badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi. Kitoblarning mazmuni, mualliflari va kitobxonlar uchun qiziqarli jihatlari haqida qisqacha fikrlar bildirilib, ularning ayrimlari tavsiya qilindi.
☑️ Shuningdek, foydalanuvchilarning qiziqishlari va mutolaa yo’nalishlaridan kelib chiqib, yangi adabiyotlardan mos kitoblar tavsiya etildi hamda kutubxona fondidagi yangi nashrlar bilan tanishish imkoniyati haqida ma’lumot berildi.




