☑️ Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlarning mutolaa madaniyatini oshirish, ularni yangi va qiziqarli adabiyotlar bilan tanishtirish maqsadida «Kitoblar olamiga sayohat» mavzusida suhbat tashkil etildi.
☑️ Suhbat davomida kutubxona fondidagi turli janrdagi badiiy adabiyotlar, ularning mualliflari va mazmuni haqida ma’lumotlar berildi. Kitobxonlarning qiziqishlariga mos adabiyotlarni tanlash bo’yicha tavsiyalar berilib, ayrim asarlarning mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.
☑️ Shuningdek, foydalanuvchilarga kutubxona fondidan samarali foydalanish, o’zlari qiziqqan kitoblarni tanlash va muntazam mutolaa qilish bo’yicha tavsiyalar berildi.




