📚 Qatag’on qurbonlari xotirasiga bag’ishlangan chellenj. Yurtimiz ozodligi, ilm-fani va ma’naviyati yo’lida fidokorona xizmat qilgan, ammo qatag’on siyosatining begunoh qurboniga aylangan ajdodlarimiz xotirasini chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etamiz. Ularning mardligi, matonati va yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha barhayotdir.
