☑️ Axborot-kutubxona markazida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan «Sohibqiron davriga sayohat» mavzusida tadbir va sahna ko’rinishi bo’lib o’tdi.
☑️ Bibixonim ( asl ismi Saroymulkxonim) (1341-1408) – Amir Temurning katta xotini, Chig’atoy ulusi xoni – Qozonxonning qizi. Bibixonim o’z zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor, maslahatdosh va yetuk aql-zakovat sohibasi bo’lgan.
☑️ Tadbir davomida Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Barfiya Safarova va Axborot-kommunikatsiya texnologiya va raqamlashtirish xizmati rahbari Maftuna Davlatova Saroymulkxonim va saroy maslahatchisi rollarida sahna ko’rinishini namoyish qildilar.










