«Axborot asrida kutubxonaning o’rni»
«Axborot asrida kutubxonaning o’rni»

«Axborot asrida kutubxonaning o’rni»

☑️ Axborot-kutubxona markazida Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati tomonidan «Axborot asrida kutubxonaning o’rni» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

☑️ Kutubxona – bu faqat kitoblar saqlanadigan joy emas, balki bilim va ma’rifat markazidir. Bu yerda inson ishonchli manbalarga ega bo’ladi, o’z bilimini oshiradi va mustaqil fikrlashni o’rganadi. Bugungi zamonaviy kutubxonalar esa yanada keng imkoniyatlarga ega. Elektron kitoblar, onlayn xizmatlar va raqamli resurslar orqali har kim istalgan vaqtda bilim olish imkoniyatiga ega bo’lmoqda.

☑️ Suhbat davomida Axborot-kommunikatsiya texnologiya va raqamlashtirish xizmati rahbari Maftuna Davlatova so’zga chiqib ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri foydalanish bo’yicha ma’ruza qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan