📚 “Kitobsevar millat” shiori ostida o’tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxon haftali” doirasida ma’naviy-marifiy tadbirlar izchil davom etmoqda.
📚 Muhammad Yusuf yoshlar tarbiyasida beqiyos ahimiyatga ega bo’lib, uning she’rlari yosh avlodni milliy ruhda, vatanparvarlik, ona tiliga muhabbat va yuksak insoniy tuyg’ular asosida tarbiyalaydi. Shoir ijodidagi xalqona uslub, soddalik va samimiylik, ayniqsa “Vatan” timsolini ulug’lashi yoshlar qalbidan chuqur joy olgan hamda ularning estetik didini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
📚 Xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag’ishlab 1-son texnikum bilan hamkorlikda davra suhbati bo’lib o’tdi.




