“Kitobsevar millat”
“Kitobsevar millat”

“Kitobsevar millat”

📚 “Kitobsevar millat” shiori ostida o’tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxon haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom etmoqda.

📚 Kitob yarmarkalari aholining, ayniqsa yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish, kitobxonlikni targ’ib qilish va ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega. Ular badiiy va ilmiy adabiyotlarni hamyonbop narxlarda xarid qilish, nashriyotlar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish, hamda kitobxonlar o’rtasida fikr almashish muhitini yaratadi.

📚 Shu munosabat bilan Peshku tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari 31-maktab bilan hamkorlikda kitob yarmarkasini tashkil etdilar. Mutaxassislar kitobxonlarni kitob tanlashlari uchun tavsiyalar berishdi. Kitobxonlar o’zlariga yoqqan kitoblarni xarid qildilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *