☑️ Axborot-kutubxona markazida Axborot-kommunikatsiya texnologiya va raqamlashtirish xizmati tomonidan «Jaloliddin Rumiy ijodi va tasavvuf falsafasi» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
☑️ Jaloliddin Rumiy yoki Mavlono Jaloliddin Rumiy – shoir va mutafakkir. Tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi. Arab, fors va turkiy tillarda ijod qilgan.
Rumiy she’riyati, asosan, ilohiy ishq bilan bog’langan. U o’zining barcha asarlarida yer-u ko’kning sohibi bo’lmish Alloh va uning zamindagi xalifasi hazrati insonni ulug’laydi.
☑️ Suhbat davomida Axborot-kommunikatsiya texnologiya va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi Muqaddas Maxmudovna so’zga chiqib Jaloliddin Rumiy haqida hayoti va ijodi to’g’risida ma’ruza qildi.







