☑️ Har haftaning payshanba kuni o’tkaziladigan «yoshlarkuni» doirasida tashkilot rahbari tomonidan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi.
☑️ Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
☑️ Shuningdek, yoshlarni zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallashga, doimiy o’z ustida ishlashga, mutolaa qilishga hamda Vatanga sadoqat ruhida faol mehnat qilishga undovchi tavsiyalar berildi. Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o’tdi.




