☑️ Axborot-kutubxona markazida Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati tomonidan O’zbekiston xalq yozuvchisi «Mirmuhsin olamiga sayohat» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
☑️ O’zbek adabiyotida Mirmuhsin adib sifatida o’ziga xos o’ringa ega. Uning romanlari bir necha bor ko’p tirajlarda chop etilgan. Yozuvchiga «Umid» va «Me’mor» romani katta obro’ keltirgan.
☑️ Suhbat davomida Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari E’tibor Obidova va mutaxassis Muhabbat Haitova so’zga chiqib Mirmuhsining asarlari haqida ma’ruza qildilar.







