Ona tilimiz – millatimizning ruhi, ma’naviyatimizning közgusi, tariximiz va qadriyatlarimizni avlodlardan avlodga yetkazuvçi bebaho boyligimizdir. Özbek tili xalqimizning boy madaniy merosi, asrlar davomida şakllangan urf-odatlari va betakror tafakkurini özida mujassam etgan muqaddas ne’matdir. Ushbu qutluğ ayyomda barça yurtdoşlarimizga tinçlik-xotirjamlik, oilaviy baxt-saodat, sihat-salomatlik va farovonlik tilaymiz. Ona tilimizning nufuzini yanada yuksaltiriş, uning sofligini asraş, boy imkoniyatlarini keng tarğib etiş hamda kelajak avlodga ona tilimizga muhabbat va hurmat tuyğusini singdiriş barçamizning şarafli burçimizdir. Tilimiz doimo barhayot, sözimiz e’zozda, ma’naviyatimiz yuksak bölsin! Ona tilimizning dovruği dunyo böylab yanada keng taralaversin!
📚 Hurmat bilan
Peşku tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi

