Ustoz va murabbiylar – yosh avlodga bilim va tarbiya berib, ularning kelajagiga yo’l ko’rsatuvchi, qalblarida ezgulik va ilimga muhabbat uyg’otuvchi sharafli kasb egalaridir. Ushbu qutlug’ ayyomda barcha o’qituvchi va murabbiylarga avvalo mustahkam sog’lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka va farovonlik tilaymiz. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo’lidagi sharafli va mas’uliyati faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak natijalar va omad hamisha hamrohingiz bo’lsin! Mehr va sabr bilan ta’limingiz, ezgu nasihatlaringiz va mashaqqatli mehnatingiz doimo qadrlanib, shogirdlaringizning yutuqlari sizga faxr va quvonch olib kelsin.
📚 Hurmat bilan
Peshku tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi

