πŸ“š «Kitobga mehr oiladan boshlanadi»
πŸ“š «Kitobga mehr oiladan boshlanadi»

πŸ“š «Kitobga mehr oiladan boshlanadi»

β˜‘οΈ Axborot-kutubxona markazida yosh bolalarni kitob o’qishga qiziqtirish, ularda mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda kitobxonlikka bo’lgan mehrni oilada rivojlantirishga bag’ishlangan targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

β˜‘οΈ Tadbir davomida ota-onalarga farzandlarni yoshligidan kitob o’qishga jalb qilish, ular uchun uyda qulay kitobxonlik muhitini yaratish, bolalarga yoshiga mos va qiziqarli adabiyotlarni tanlab berish bo’yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ota-onalarning farzandlari bilan birgalikda kitob o’qishi va o’qilgan asarlar yuzasidan suhbatlashishining ahamiyati ta’kidlandi.

β˜‘οΈ Shuningdek, kutubxona fondidagi bolalar uchun mo’ljallangan ertaklar, hikoyalar va qiziqarli badiiy adabiyotlar tavsiya etildi. Farzandlarda kitobga mehr uyg’otish, bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish va mutolaani kundalik odatga aylantirish bo’yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan