☑️ Axborot-kutubxona markazida oilada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ota-ona va farzandlarni birgalikda mutolaa qilishga jalb etish hamda oilaviy kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida «Oilaviy kitobxonlik — ma’naviyat maskani» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
☑️ Tadbir davomida oilaviy kitobxonlikning farzandlar tarbiyasidagi o’rni, ota-onalarning kitob o’qishga bo’lgan munosabati farzandlarga namuna bo’lishi haqida fikrlar bildirildi.
☑️ Shuningdek, kutubxona fondidagi oila davrasida mutolaa qilish uchun tavsiya etiladigan badiiy, bolalar va ma’rifiy adabiyotlar namoyish etilib, kitobxonlarga tavsiya qilindi. Oilaviy kitobxonlikni muntazam yo’lga qo’yish, farzandlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobga mehr uyg’otish yuzasidan tavsiyalar berildi.




