📚 O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i – yurtimiz mustaqilligi, suvereniteti, milliy g’ururi va xalqimizning birlik ramzidir. Uning moviy, oq yashil ranglari hamda qizil chiziqlari, hilol va yulduzlari xalqimizning boy tarixi, ezgu-intilishlari va porloq kelajagini o’zida mujassam etadi. Ushbu videolavha orqali Vatanimiz bayrog’ining mazmun-mohiyati, undagi ramzlari ma’nosi hamda uning qalbimizdagi yuksak o’rni bilan yaqindan tanishamiz.
